Prezident Lee Jae-myung 16-dekabr kuni davlat boshqaruvi xalq uchun ochiq va shaffof bo’lishi kerakligini ta’kidladi, shunda xalq markazli boshqaruv faqat so’zda qolmay, amalda ham to’g’ri amalga oshiriladi. Prezident bugun ertalab Sejong hukumat binosida bo’lib o’tgan 54-chi hukumat yig’ilishida birinchi marta jonli efirda namoyish etilayotgan ish hisobotiga xalqning qiziqishi juda yuqori ekanligini aytdi.
Prezident har bir vazirlik xodimlari yangi uslubga o’rganmagan bo’lishi mumkinligini va avvalgi yillarda bo’lgani kabi ish hisobotini berish qulayroq bo’lishi mumkinligini aytdi. Biroq, siyosat jarayoni shaffof ravishda tekshirilishi kerak va bu jarayonda jamoaviy aql to’planishi kerak, shunda siyosatga ishonch ortadi va davlat boshqaruvi ham mukammal bo’ladi. Prezident bu hukumatda xalqning hammasi kuzatib turishi uchun ish hisobotini berish sababi aynan shu ekanligini aytdi.
Prezident hukumat vazirliklariga ish hisobotini tayyorlashda qat’iyat bilan amalga oshirishni so’radi. Prezident shuningdek, maxsus fidoyilik va natijalar ko’rsatgan xodimlarga maxsus mukofot berilishini ham aniq qilib aytdi. Prezident davlat boshqaruvi ham odamlar tomonidan amalga oshiriladigan ish ekanligini aytdi va xalq uchun siyosat yaratish va uni joylarda yaxshi amalga oshirish xodimlarning fidoyilik va mas’uliyatisiz imkonsiz ekanligini ta’kidladi.
Prezident vazirliklarga ajoyib natijalar ko’rsatgan xodimlarga munosib mukofot berish uchun tezkor choralarni ko’rishni buyurdi va xodimlarning ish sharoitlarini yaxshilash uchun qo’shimcha yechimlarni izlash va ko’rib chiqishni so’radi. Prezident ijtimoiy tengsizlikni hal qilish uchun siyosat paradigmasini o’zgartirish zarurligini ham aytdi. Prezident jamiyatdagi asosiy muammo ijtimoiy tengsizlik ekanligini va uni bartaraf etish uchun siyosat paradigmasini adolatli va barqaror o’sishga o’zgartirish kerakligini ta’kidladi.