Sanoat vaziri keyingi yilda mintaqaviy iqtisodiy o’sishni ustuvor vazifa sifatida belgilab olgan. Bunda ‘5 ta qutb va 3 ta maxsus’ sanoat tarmoqlarini qo’llab-quvvatlash rejasi amalga oshiriladi.
Shuningdek, 2030-yilgacha butun mamlakat bo’ylab sun’iy intellekt (AI) fabrikalarini 500 tagacha ko’paytirish, kichik va katta korxonalarning hamkorlikda ishlashiga imkon beradigan 15 ta AI modelini ishlab chiqish hamda 13 ta AI sinov maydonini barpo etish rejalashtirilgan.
Vazirlik xususan, yarim o’tkazgichlar, avtomobillar, biova defensiv sanoat sohalariga e’tibor qaratmoqda. Masalan, 2026-yilda avtomobillar sohasiga 74.3 milliard von ajratiladi. Elektromobillar uchun zaryadlash stansiyalari hamda subsidiyalar beriladi.
AQSH bilan 2 trillion dollarning sarmoya oqimini boshqarish, FDI jalb qilish, Xitoy bilan xizmat ko’rsatish sohasidagi kelishuvlarni mustahkamlash hamda CPTPPga a’zo bo’lish imkoniyatini o’rganish orqali global bozorlarga kirib borish strategiyasi amalga oshiriladi.