Ijtimoiy favqulodda vaziyatlarga qaramoqda bo’lgan hududlarga maxsus oldini olish choralari, xavf signallarini kuzatish tizimini yaratish hamda insonlar oqimini tarqatish kabi favqulodda choralarni belgilovchi ‘Ijtimoiy favqulodda vaziyatlarga qaramoqda bo’lgan tizim to’g’risida’gi qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda.
Ichki ishlarning boshqaruvi vaziri (행정안전부) ijtimoiy favqulodda vaziyatlarga oldindan tayyorgarlik ko’rish, ularni oldini olish, ular bilan kurashish hamda oqibatlarni bartaraf etish jarayonini tizimlashtirish maqsadida qonun loyihasini 19-sentabrda e’lon qilishni rejalashtirmoqda. Loyiha 40 kun davomida, ya’ni 28 yanvarigacha ommaga taqdim etiladi.
Loyiha joriy yilda sodir bo’lgan katta hajmdagi ijtimoiy favqulodda vaziyatlardan fuqarolarning hayoti va turmushiga yetib kelgan zararlarni oldini olish maqsadida tuzilgan bo’lib, ijtimoiy favqulodda vaziyatlarga moslashtirilgan alohida huquqiy tizim yaratishni ko’zda tutadi.
Qonun loyihasi shuningdek, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda insonlar oqimini tarqatish, tadbirlarni to’xtatish kabi choralarni qo’llash huquqini mahalliy hokimiyat, politsiya, dengiz patrullari hamda o’t xavfsizlik xizmatlariga beradi. Shuningdek, katta hajmdagi zararlarga yo’l qo’yilganda milliy hamda hududiy birlashgan javob beruvchi tizimlarni faollashtirishni nazarda tutadi.