Janubiy Koreya hukumati sun’iy intellekt (AI) va biotexnologiyalarni birlashtiruvchi innovatsion ekotizim yaratish orqali dorilarni ishlab chiqish jarayonini tezlashtirish va tadqiqot-soha innovatsiyalarini rivojlantirishni maqsad qilgan.
Hukumat AI dori ishlab chiqish, miya va keksalikka qarshi kurash, tibbiy asbob-uskunalar, biologik ishlab chiqarish hamda qishloq xo’jalik mahsulotlari sohalariga e’tibor qaratgan. Bu sohalarda AI modellarini yaratish hamda universitetlar, tadqiqot institutlari, korxonalar va shifoxonalarning hamkorlikda ishlashini ta’minlash maqsadida AI biotexnologiyalar markazlarini tashkil etish rejalashtirilmoqda.
Ilmiy-texnik va axborot kommunikatsiya vaziri Bae Gyeong-hun bu strategiyani ilmiy-tadqiqot institutlari, universitetlar va biznes vakillari bilan bo’lgan suhbatlarida e’lon qilgan. Strategiya 2024-yilgi Vazirlar Kengashida tasdiqlangan.
Shuningdek, hukumat yuqori sifatli biologik ma’lumotlar bazasini kengaytirish, 2030-yilgacha 1 million koreys fuqarosi ma’lumotlarini to’plash, kiber-infrastrukturani yaratish hamda maxsus kompyuter tizimlarini AI tadqiqotlarida ishlatishni rejalashtirmoqda.